Onlayn xizmatlar

Mobil ilovangizda va boshqa onlayn resurslaringizda kartani ulash orqali to'liq to'lov aylanishini boshqaring

Kartalarni ulash
Xoldinglar va to’lovni qaytarish
Rekurrent to’lovlar
Mashhur to'lov tizimlarini qo'llab-quvvatlash
Split to'lovlar
To'lov monitoringi
Onlayn do'konlar

UZCARD, HUMO, VISA va MASTERCARD MASTERCARD bilan to'lovlarni veb-saytlarda va mobil ilovalarda qabul qilish

Shaxsiy kabinet
Freymda to’lovlar
Barcha kartalarni sotib olish
Hisob-fakturani rasmiylashtirish
Xoldinglar va to’lovni qaytarish
Split to'lovlar
Mikrokredit tashkilotlari

Jismoniy shaxs kartalariga pul berishni va kreditni to'lash jarayonini avtomatlashtiring

Tezkor to‘lovlar
Barcha mavjud kartalardan pul yechib olinishi
Qarz oluvchilarning tranzaksiya tarixi
Onlayn ekvayring
Monitoringi
24/7 texnik yordam
Aviakassalar

Visa, Mastercard, UZCARD va HUMO orqali qulay vidjetlar yoki to'lov sahifalari orqali to'lovlarni qabul qiling

Kartalarni ulash
Xoldinglar va to’lovni qaytarish
Mashhur to'lov tizimlarini qo'llab-quvvatlash
Taksi parklari

Taksi haydovchilariga bir zumda haqlarini to'lang va shaxsiy hisoblarini to'ldiring

Darhol xisob to’ldorilishi
Telegram-bot orqali pul mablag'larini darhol chiqarish
Pul yechcish bo'yicha cheklovlar nazorati
Telefon raqami yoki karta orqali kreditlash
Qulay monitoring
24/7 texnik yordam
BNPL xizmatlari

To'lov portfelingizni avtomatlashtirilgan to'lov jarayoni bilan boshqaring

Bog'langan kartalardan avtomatik pul yechish
Qarz oluvchilarning tranzaksiya tarixi
Barcha mavjud kartalardan avtomatik pul yechish
Onlayn ekvayring
Qulay monitoring
24/7 texnik yordam
Muddatli to’lov do’konlari

Buxgalteriya hisobi, mijozlaringizni tahlil qiling va to'lovlarni onlayn qabul qiling

Xaridorlar so‘rovnomasi
To'lov jadvallarini hisobga olish
Qarz oluvchilarning tranzaksiya tarixi
SMS jo'natish
Bog'langan kartalardan avtomatik pul yechish
Barcha mavjud kartalardan avtomatik pul yechish
HoReCa

HoReCa uchun keng qamrovli yechimni integratsiya qiling: to‘lovlarni qabul qilishni soddalashtirish, moliyaviy operatsiyalarni avtomatlashtirish va mijozlarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash uchun internet-ekvayring, to‘lovlarni ajratish va xoldingdan foydalaning

Onlayn ekvayring
To’lov statistikasi
Tarix va hisobotlar
Aniq tahlil
Solishtirish
24/7 texnik yordam
uzruen
Biz tarmoqlardamiz

ATMOS 2025 natijalari: ko‘rsatkichlarning o‘sishi, to‘lov infratuzilmasini rivojlanishi, internet-ekvayring imkoniyatlarining kengayishi va jamoa salohiyatiga yo‘naltirilgan investitsiyalar

30 Yanvar 2026
Ulashish
Итоги ATMOS 2025: рост показателей, развитие платёжной инфраструктуры, расширение функциональности интернет-эквайринга и инвестиции в развитие команды

2025-yil ATMOS uchun faol o‘sish va kengayish yili bo‘ldi. Kompaniya biznesning o‘sib borayotgan yuklamalari va talablarini qo‘llab-quvvatlash uchun aylanmalarni oshirdi, mijozlar bazasini kengaytirdi, xalqaro ekvayringni yo‘lga qo‘ydi va to‘lov infratuzilmasini kuchaytirdi.

Yil davomida ATMOSning e’tibori hamkorlar uchun funksionallikni kengaytirishga qaratilgan edi. To‘lovlarni amalga oshirish tezligi va integratsiyaning qulayligiga alohida e’tibor qaratildi, bu e-commerce infratuzilmasining faol rivojlanishi sharoitida ayniqsa muhimdir. Jamoani takomillashtirish va yosh IT-mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash alohida ustuvor vazifa bo‘lib qoldi.


Asosiy ko‘rsatkichlar

ATMOS Asosiy ko‘rsatkichlar.png

2025-yil yakunlariga ko‘ra, ATMOS aylanmasi 2024-yilga 4,8 trillion so‘mdan 2025-yilda 7,5 trillion so‘mgacha oshdi.

Faol merchantlar soni 700 dan 900 gacha, muvaffaqiyatli tranzaksiyalar soni esa 9,2 milliondan 12,2 milliongacha oshdi. Bu ko‘rsatkichlar onlayn to‘lovlarning o‘sishi va biznesning ATMOS to‘lov infratuzilmasiga bo‘lgan ishonchini ko‘rsatadi.


"2025-yil ATMOS uchun ishonchli o‘sish va bugungi kunda shiddatli rivojlanish bosqichida bo‘lgan elektron tijorat bozorini shakllantirishda faol ishtirok etish yili bo‘ldi. Ishonch va birgalikdagi yo‘l uchun hamkorlarimizdan, professionallik va jalb etilganlik uchun jamoamizdan minnatdormiz. Bozorning salohiyati juda katta va biz barqaror taraqqiyot nafaqat texnologiyalarga, balki O‘zbekiston fintech sanoatining kelajagini shakllantiradigan yosh mutaxassislarga ham investitsiyalar qilinganda aminmiz. 2026-yilda Biz sohani rivojlantirishga, odamlarga invesititsiyalar kiritishda va biznesning tez va barqaror o‘sishiga yordam beradigan yechimlarni yaratishda davom etamiz," - dedi ATMOS bosh direktori Jasur Salaxitdinov.


Yangi mijozlar va loyihalar

Yangi mijozlar va loyihalar 2025.png

2025-yilda ATMOS to‘lov infratuzilmasiga raqamli iqtisodiyotning turli segmentlaridan yangi mijozlar ulandi. Ular orasida MyTaxi, UrbanDrive, TOK BOR, ITV, Delever, Pulberry va to‘lov yechimlarining barqarorligi, tezligi va moslashuvchanligiga yuqori talablar qo‘yiladigan boshqa loyihalar mavjud.


Ekvayring va to‘lov yechimlarini rivojlantirish

ATMOS yagona to‘lov oynasida Uzcard, Humo, VISA va MasterCard kartalaridan onlayn to‘lovlarni.png

Yil davomida ATMOS Visa va MasterCard kartalari orqali onlayn to‘lovlarni qabul qilishni yo‘lga qo‘ydi, Visa’ning rasmiy fasilitatori maqomini oldi va bitta integratsiya orqali Uzcard, Humo, Visa va MasterCard kartalaridan to‘lovlarni qabul qilish uchun yagona to‘lov oynasini ishlab chiqdi.


Ishonchlilik, xavfsizlik va tezlik

Ishonchlilik, xavfsizlik va tezlik.png

2025-yilda ATMOS yangi server infratuzilmasiga o‘tishni yakunladi. Bu xizmatning 99,99% uzluksizligini va hatto yuqori yuklamada ham tranzaksiyalarni qayta ishlash tezligining oshishini ta’minladi.

Kompaniya muvofiqlik sertifikatini PCI DSS 4.0.1 darajasiga yangiladi va to‘lov infratuzilmasining yuqori darajadagi xavfsizligini tasdiqlagan holda barcha majburiy auditlardan o‘tdi.


Sanoatdagi ishtiroki va professional tan olinishi

Награда Uzcard Awards за вклад в развитие цифровых платежей.png

Yil davomida ATMOS Money20/20 Middle East, Singapore FinTech Festival va FinTech & Banking Forum kabi asosiy xalqaro va mahalliy fintech tadbirlarida ishtirok etdi.

Shuningdek, 2025-yilda kompaniya raqamli to‘lovlarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi sababli Uzcard Awards mukofotiga sazovor bo‘ldi, bu esa mamlakat to‘lov ekotizimida ATMOS rolining professional e’tirofi bo‘ldi.

Награда For Extensive E-commerce Development with Mastercard от Mastercard.png

Bundan tashqari, ATMOS elektron tijorat yechimlarini keng miqyosda rivojlantirish va onlayn biznes uchun to‘lov infratuzilmasini kengaytirishga, shu jumladan savdo hamkorlari soni ko‘payishiga va onlayn to‘lovlarning qulayligi, tezligi va xavfsizligini oshirishga qo‘shgan hissasi sababli Mastercard tomonidan "Mastercard bilan elektron tijoratni keng rivojlantirish uchun" mukofoti bilan taqdirlandi.


Bo‘lajak mutaxassislarni rivojlantirish

Партнёрство с American University of Technology.png

ATMOS IT sohasidagi yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga alohida e’tibor qaratib, boshlovchi mutaxassislar bilan ishlashni fintech sanoatining kelajagiga sarmoya sifatida ko‘rdi. American University of Technologybilan hamkorlikda talabalar va bitiruvchilar 2026-yilda ATMOSda pullik amaliyot o‘tash va real to‘lov yechimlari bilan ishlash bo‘yicha amaliy tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.


ATMOS jamoasi

FRAG Corporate Cup 7.png

2025-yilda kompaniya ichki tashabbuslar, jamoa tuzish va korporativ sport tadbirlarida ishtirok etish orqali korporativ madaniyatni mustahkamladi. ATMOS jamoasi IT Park futbol Chempionatida ishtirok etdi va FRAG Corporate Cup 7 musobaqasida qatnashib, jamoaviy ruh va xodimlarning faolligini qo‘llab-quvvatladi.


Oldinga qarash

2026-yilda ATMOS to‘lov yechimlarini rivojlantirish, funksional imkoniyatlarni va vositalarni kengaytirish hamda yangi xizmatlarni ishga tushirishni davom etadi, bu esa raqamli to‘lovlarning ishonchliligi va xavfsizligini oshiradi. Shu qatorda, kompaniya jamoani rivojlantirish va kelajak avlod IT-mutaxassislarini qo‘llab-quvvatlashga sarmoya kiritadi, inson kapitalini fintech ekotizimining barqaror o‘sishining muhim asosi sifatida ko‘rib chiqadi.


Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling: Eng dolzarb yangiliklar, keyslar, yechimlar va sharhlar

Kanalga ulanish

Barcha maqolalar