Money20/20 Europe 2026’da ATMOS: xalqaro fintech-network va yangi imkoniyatlar
ATMOS jamoasi 2-4-iyun kunlari Amsterdamda bo‘lib o‘tadigan fintex, to‘lovlar va raqamli moliya sohasidagi eng yirik global tadbirlardan biri bo‘lgan Money20/20 Europe 2026 ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda.
Money20/20 butun dunyodan yetakchi banklar, to‘lov tizimlari, fintex kompaniyalari, investorlar, texnologiya provayderlari va regulyatorlarni birlashtiradi. Aynan shu yerda sanoatning asosiy tendensiyalari muhokama qilinadi: sun’iy intellekt, o‘rnatilgan moliya, raqamli to‘lovlar, identifikatsiya, xavfsizlik va moliyaviy xizmatlarning kelajagi.
ATMOS uchun Money20/20 Europe’da ishtirok etish - bu, global professional hamjamiyatning bir qismi bo‘lish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va onlayn to‘lovlar hamda rekurrent (takroriy) xizmatlar sohasidagi eng yaxshi jahon amaliyotini o‘rganish imkoniyatidir.
Biz raqamli biznes uchun zamonaviy to‘lov yechimlarini ishlab chiqishni va O‘zbekiston fintex ekotizimini xalqaro maydonda taqdim etishni davom ettirayapmiz.




