ATMOS elektron tijoratni rivojlantirgani uchun Mastercard mukofotiga sazovor bo‘ldi
ATMOS kompaniyasi "Mastercard bilan birgalikda elektron tijoratni keng miqyosda rivojlantirgani uchun" - "For Extensive E-commerce Development with Mastercard" mukofotiga ega bo‘ldi.
Mukofot ATMOSning biznes uchun raqamli to‘lov yechimlari va onlayn to‘lovlarni rivojlanishiga qo‘shgan hissasini tasdiqlaydi:
- Mastercard texnologiyalari asosida e-commerce yechimlarini faol rivojlantirish;
- onlayn biznes uchun to‘lov infratuzilmasini kengaytirish;
- ulangan savdo hamkorlari va tranzaksiyalar sonining o‘sishi;
- onlayn to‘lovlarning qulayligi, tezligi va xavfsizligini oshirish
ATMOS uchun bu mukofot tanlangan kursning tasdig‘i va jamoaning real biznes vazifalariga yo‘naltirilgan to‘lov xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha tizimli ishining natijasidir.
Biz Mastercard’ga ishonch va hamkorlik uchun, mijozlarimizga esa ATMOS yechimlarini tanlash va raqamli iqtisodiyotni birgalikda rivojlantirish uchun minnatdorchilik bildiramiz.
-1-1200x630.png&w=3840&q=100)


