Onlayn xizmatlar

Mobil ilovangizda va boshqa onlayn resurslaringizda kartani ulash orqali to'liq to'lov aylanishini boshqaring

Kartalarni ulash
Xoldinglar va to’lovni qaytarish
Rekurrent to’lovlar
Mashhur to'lov tizimlarini qo'llab-quvvatlash
Split to'lovlar
To'lov monitoringi

Onlayn do'konlar

UZCARD, HUMO, VISA va MASTERCARD MASTERCARD bilan to'lovlarni veb-saytlarda va mobil ilovalarda qabul qilish

Shaxsiy kabinet
Freymda to’lovlar
Barcha kartalarni sotib olish
Hisob-fakturani rasmiylashtirish
Xoldinglar va to’lovni qaytarish
Split to'lovlar

Mikrokredit tashkilotlari

Jismoniy shaxs kartalariga pul berishni va kreditni to'lash jarayonini avtomatlashtiring

Tezkor to‘lovlar
Barcha mavjud kartalardan pul yechib olinishi
Qarz oluvchilarning tranzaksiya tarixi
Onlayn ekvayring
Monitoringi
24/7 texnik yordam

Aviakassalar

Visa, Mastercard, UZCARD va HUMO orqali qulay vidjetlar yoki to'lov sahifalari orqali to'lovlarni qabul qiling

Kartalarni ulash
Xoldinglar va to’lovni qaytarish
Mashhur to'lov tizimlarini qo'llab-quvvatlash

Taksi parklari

Taksi haydovchilariga bir zumda haqlarini to'lang va shaxsiy hisoblarini to'ldiring

Darhol xisob to’ldorilishi
Telegram-bot orqali pul mablag'larini darhol chiqarish
Pul yechcish bo'yicha cheklovlar nazorati
Telefon raqami yoki karta orqali kreditlash
Qulay monitoring
24/7 texnik yordam

BNPL xizmatlari

To'lov portfelingizni avtomatlashtirilgan to'lov jarayoni bilan boshqaring

Bog'langan kartalardan avtomatik pul yechish
Qarz oluvchilarning tranzaksiya tarixi
Barcha mavjud kartalardan avtomatik pul yechish
Onlayn ekvayring
Qulay monitoring
24/7 texnik yordam

Muddatli to’lov do’konlari

Buxgalteriya hisobi, mijozlaringizni tahlil qiling va to'lovlarni onlayn qabul qiling

Xaridorlar so‘rovnomasi
To'lov jadvallarini hisobga olish
Qarz oluvchilarning tranzaksiya tarixi
SMS jo'natish
Bog'langan kartalardan avtomatik pul yechish
Barcha mavjud kartalardan avtomatik pul yechish

HoReCa

HoReCa uchun keng qamrovli yechimni integratsiya qiling: to‘lovlarni qabul qilishni soddalashtirish, moliyaviy operatsiyalarni avtomatlashtirish va mijozlarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash uchun internet-ekvayring, to‘lovlarni ajratish va xoldingdan foydalaning

Onlayn ekvayring
To’lov statistikasi
Tarix va hisobotlar
Aniq tahlil
Solishtirish
24/7 texnik yordam
uzruen
Biz tarmoqlardamiz

O‘zbekiston moliya sohasining raqamlashtirilish. Mahalliy va xalqaro tajriba

8 Sentabr 2025
Ulashish
Cifrovizaciya-finansovoj-sfery-Uzbekistana

O‘zbekiston bozorida yetti yildan ortiq faoliyat yuritib kelmoqda. So‘nggi paytlarda sohada kechayotgan asosiy moliyaviy jarayonlarni raqamlashtirishda kompaniya mutaxassislari faol ishtirok etmoqda.Ushbu jarayonlar haqida batafsil FinTech & Retail CA resursiga ATMOS asoschisi, boshqaruvchi hamkor Mardon Anvarov so‘zlab berdi.


FinTech & Retail CA: ATMOS kompaniyasi Visa va Mastercard kartalari uchun rasmiy servis-provayder hisoblanadi. Bu O‘zbekiston bozorida mahalliy va xalqaro mijozlarga to‘lov yechimlarini taqdim etish nuqtai nazaridan nima beradi?

M. Anvarov: Men ushbu savolni bir necha qismga bo‘lishni taklif qilaman. Visa va Mastercard rasmiy to‘lov xizmati provayderi (Payment service provider, PSP) sifatida biz ularning O‘zbekiston hududidagi rasmiy vakolatli hamkori bo‘lib faoliyat yuritamiz. Bu nimani anglatadi? Bu – ishonch belgisi va ularning xizmat sifati va xavfsizlik standartlariga muvofiqlikdir. Rasmiy servis-provayder sifatida biz bir nechta ustunliklarga egamiz:


  • Xalqaro to‘lov tizimlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish - aslida biz Visa va Mastercard kartalari orqali tranzaksiyalarni vositachilarsiz yo‘naltiramiz.
  • Shaxsiy texnologik infratuzilma - bu kompaniyaning uchinchi tomon protsessinglariga bog‘liq emasligini va moslashuvchan yechimlarni taqdim eta olishini anglatadi.
  • PCI DSS sertifikati (odatda majburiy) – karta egalari ma’lumotlarini qayta ishlashda yuqori darajadagi xavfsizlik.

Savolning ikkinchi qismi va, mening fikrimcha, eng muhimi - bu mijozlarimiz va hamkorlarimizga nimani taqdim etishimizdir:

  • Xalqaro hisob-kitoblarga kengroq kirish: Davlatdan chetga to‘lovlarni qabul qilish va jo‘natish imkoniyati. Xalqaro onlayn do‘konlar va xizmatlardagi onlayn to‘lovlar (masalan, Amazon, Netflix, Google Ads).
  • Mahalliy banklar va fintech’lar bilan integratsiya: biz banklar uchun “white label” yechimlar yaratib, ularning bek-ofisi sifatida ishlashimiz mumkin.
  • Jozibador komissiyalar va shartlar:vositachilarning yo‘qligi sababli sotuvchilar va foydalanuvchilar uchun komissiyalarni kamaytirish mumkin.

Shuningdek, bu O‘zbekistonda to‘lov usullarini (MPS — Visa va Mastercard, hamda NPS — Humo va Uzcard) olishni istagan xalqaro o‘yinchilar uchun ham dolzarbdir. Ular uchun biz Visa va Mastercard tomonidan tan olingan ishonchli mahalliy hamkormiz. Shuningdek, ATMOS xalqaro fintex ishtirokchilari uchun kartalarni chiqarish va to‘lovlarni qabul qilishda ishga yaroqli infratuzilmasiga ega to‘lov hamkori bo‘lishi mumkin.

FinTech & Retail CA: ATMOS — 7 yillik tajribaga ega to‘lov tashkiloti bo‘lib,  to‘lov jarayonlarini avtomatlashtirish uchun keng ko‘lamli yechimlarni taklif etadi. 2024 yil va 2025 yil boshida asosiy yutuqlaringiz nimalardan iborat?

M. Anvarov: Bizning mutaxassislarimiz O‘zbekiston moliya sohasini raqamlashtirishda qanday ishtirok etayotgani va yaqinda qanday asosiy innovatsiyalarni joriy etganimiz haqida bir-ikki so‘z gapirib o’tmoqchiman.

Biz Visa va Mastercard kartalari uchun qulay ekvayringni ishga tushirdik.Shunday qilib, biz merchantga barcha mashhur karta turlarini bitta ta’minotchidan olish imkoniyatini taklif qilamiz va foydalanuvchiga istalgan kartani bitta sahifada ulash imkoniyatini beramiz.


Biz strategik hamkorlik va bir qator yirik mijozlarni, ayniqsa e-commerce bozorida ishga tushirish orqali bozordagi ishtirokimizni sezilarli darajada oshirdik. Hozir bu bozor biz uchun strategik ahamiyatga ega va biz ushbu yo‘nalishdagi xizmatlarni faol ravishda kengaytirmoqdamiz.


Barcha harakatlarimiz raqamlarda namoyon bo‘lmoqda. Biznesning o‘sishii eng muhim yutuqlardan biri deb hisoblayman. 2024 yilda qayta ishlangan tranzaksiyalar miqdori 400 mln AQSH dollardan oshdi, mijozlar soni esa 700 dan ortiq tashkil etdi. Bular, o‘z mobil ilovalari, saytlarida va boshqa platformalarda to‘lovlarni qabul qilishni bizga ishonib topshirgan bizneslar. 2025 yilda ham faol o‘sishda davom etmoqdamiz,shu bilan birga mijozlarimiz va hamkorlarimiz o‘rgangan sifatni saqlab qolgan holda o‘sishimiz muhimdir.


FinTech & Retail CA: Menga ma’lumki, kompaniya infratuzilmasi to‘liq PCI DSS talablariga mos. Siz xavfsizlik sohasida sun’iy intellekt yoki boshqa yangi texnologiyalardan foydalanasizmi?


M. Anvarov: Mutlaqo to‘g‘ri, ATMOS (NIPT MCHJ) PCI DSS 4.1 bo‘yicha QSA-auditiga mos keladi, biz barcha to‘lov tashkilotlari kabi har yili auditdan o‘tamiz va bunday yondashuvni samarali deb hisoblaymiz.  ATMOS tizimida to‘lovlar xavfsizligi va o‘rnatilgan to‘lov xizmatlarimiz xavfsizligi ustuvor hisoblanadi. Axir, fintech va bankingda IT-xavfsizlikning to‘g‘ri qurilgan arxitekturasi fundament hisoblanadi.


Hozirda joriy etish bosqichida sun’iy intellektga asoslangan agentlar mavjud bo‘lib, ular frod-faollikni kuzatish va aniqlash uchun mo‘ljallangan. Biz ko‘p yillardan beri frodni aniqlashning samarali algoritmlaridan foydalanamiz. Sun’iy intellekt agenti bu holda mavjud yechimlarning o‘rnini bosuvchi emas, balki to‘ldiruvchi "fitch-killer"ga aylanishi kerak. Garchi kelajakda SI-agent klassik yechimlarni butunlay almashtirish ehtimoli mavjud. Shuningdek, muddatli to‘lovlarni amalga oshirishda qarz oluvchini baholash uchun yangi AI skoring modellarini joriy etish bosqichida.


FinTech & Retail CA: Sizningcha, onlayn to‘lov jarayoni qanday bo‘lishi kerak va u sotuvlar hamda xaridorlarning sodiqligini qanday oshirishi mumkin?


M. Anvarov: Birinchi navbatda, u qulay, tushunarli va ommabop bo‘lishi kerak. Odatda biz, hamma narsa “choynak” tushunadigan darajada oddiy bo‘lishi kerak deb hazillashamiz, ya’ni juda oddiy va tushunarli bo‘lishi kerak. Onlayn-to‘lov deganda faqat sayt yoki mobil telefon orqali to‘lovni nazarda tutmaymiz. Bu shuningdek invoislar, to‘lov havolalari, tokenlar orqali ham amalga oshirilishi.


Onlayn-ekvayring, birinchi navbatda, potensial bitimdan muvaffaqiyatli to‘langan bitimga maksimal konvertatsiyani ta’minlashi kerak, chunki har qanday biznes ehtimoliy mijozni to‘lov sahifasiga yetkazish uchun ko‘p mablag‘ sarflaydi.Shu bilan birga, u maksimal xavfsiz bo‘lishi shart.


Konversiya nuqtayi nazaridan to‘g‘ri flow (oqim / uzatish / jarayonlar va algoritmlar) muhim - turli kompaniyalarda o‘ziga yarasha farqlar mavjud - masalan, mahsulotlarni yetkazib berishda buyurtma qiymati bajarish mobaynida bir necha marta o‘zgarishi mumkin. Tovarlarning mavjudligi yoki tovarlarning aniq og‘irligidan kelib chiqib, mablag‘larni ushlab qolish, to‘lovni tasdiqlash, hamda zarur bo‘lganda qisman qaytarishlardan foydalanish muhimdir. Bu mijozga uning kartasidan qachon va nima uchun pul yechilayotganini aniq tushunishga imkon beradi. Shuningdek, foydalanuvchi uchun qulaylikni inobatga olish muhim - bu yerda kartani ilovaga biriktirish imkoniyati ajoyib usul hisoblanadi - shunda mijoz har bir xarid paytida kartani terishi shart bo‘lmaydi va mijozni ushlab qolishga yordam beradi.


ATMOS, API orqali Uzcard, Humo, Visa va Mastercard kartalari bilan ishlash uchun barcha zarur vositalarni taklif etadi - bu har qanday biznes uchun maqbul to‘lov usulini yaratish va ehtimoliy mijozdan doimiy mijozga aylanishiga erishishni imkoniyat beradi.


Doimiy raqamli tahdidlar ko‘payib borishi bilan, to‘lov jarayoni xavfsiz bo‘lishi juda muhim, chunki shaxsiy yoki karta ma’lumotlarining tarqalib ketishii — bu pul mablag‘larini yo‘qotishning bevosita tahdididir. Bu yerda muhimi shuki, to‘lov tashkilotining o‘z hamkorlari va foydalanuvchilarini himoya qilish uchun qanday choralar ko‘rayotgani muhim. Karta ma’lumotlari xavfsiz shifrlangan holatda saqlanishi va qayta ishlanishi hamda to‘lov tashkilotining infratuzilmasi tashqi tahdidlardan himoyalangan bo‘lishi muhimdir. Buning uchun PCI DSS kabi xalqaro standartlar joriy etilishi zarur, hamda penetratsion testlar kabi boshqa vositalar ham qo‘llanilishi kerak. To‘lov tashkiloti xavfsizlikni ta’minlash uchun zarur standartlarni joriy qilishi va choralar ko‘rishi lozim..

ATMOS har yili tashqi audit orqali PCI DSS standartiga muvofiqligini tasdiqlaydi va o‘z infratuzilmasi xavfsizligini ta’minlash uchun katta resurslarni yo‘naltiradi, shunda hamkorlar va ularning foydalanuvchilari har bir tranzaksiyaning xavfsizligidan xotirjam bo‘lishlari uchun.


Bizning xizmatlarimiz sotuvlar va samaradorlikni oshirishga yordam bergan holatlar mavjud. Masalan, ATMOS RETAIL - bizning xizmatimiz - muddatli to‘lovlar jadvali, SMS-jo‘natish, avtomatik to‘lovni sozlash bilan beriladigan tovarlarni hisobga olish va monitoring qilish imkoniyatini berdi. Ushbu xizmat savdogarlarga savdoni ko‘paytirishga, tovarlarni sotishga, shuningdek, oylik to‘lovlarni yig‘ishga yordam berdi.


Shuningdek, bizning portfolioimizda mikromoliya tashkilotlari uchun avto-to‘lov servisi ham mavjud. Hamkorlarimiz tizimiga integratsiya orqali biz qarz oluvchilarning kartalaridan mablag‘larni jadval asosida avtomatik yechib olish imkonini yaratamiz — mijoz ofis yoki kassaga kelmasigi mumkin. Mijoz to‘lovni qachon amalga oshirish haqida o‘ylamaydi, tizim buni o‘zi amalga oshiradi. Bunday holatlardan bizda juda ko‘p.


Bizning yechimlarimiz PaaS (payment-as-a Service + SaaS (Software-as-a Service) sifatida taqdim etilgan. Bizning to‘lov yechimlarimiz va xizmatlarimizdan   taksi parklar, sayohatlar, marketpleyslar, E-com, HoReCa, moliya institutlari va boshqalar kabi iqtisodiyot tarmoqlaridagi kichik, o‘rta va yirik kompaniyalar foydalanadi.