Onlayn xizmatlar

Mobil ilovangizda va boshqa onlayn resurslaringizda kartani ulash orqali to'liq to'lov aylanishini boshqaring

Kartalarni ulash
Xoldinglar va to’lovni qaytarish
Rekurrent to’lovlar
Mashhur to'lov tizimlarini qo'llab-quvvatlash
Split to'lovlar
To'lov monitoringi
Onlayn do'konlar

UZCARD, HUMO, VISA va MASTERCARD MASTERCARD bilan to'lovlarni veb-saytlarda va mobil ilovalarda qabul qilish

Shaxsiy kabinet
Freymda to’lovlar
Barcha kartalarni sotib olish
Hisob-fakturani rasmiylashtirish
Xoldinglar va to’lovni qaytarish
Split to'lovlar
Mikrokredit tashkilotlari

Jismoniy shaxs kartalariga pul berishni va kreditni to'lash jarayonini avtomatlashtiring

Tezkor to‘lovlar
Barcha mavjud kartalardan pul yechib olinishi
Qarz oluvchilarning tranzaksiya tarixi
Onlayn ekvayring
Monitoringi
24/7 texnik yordam
Aviakassalar

Visa, Mastercard, UZCARD va HUMO orqali qulay vidjetlar yoki to'lov sahifalari orqali to'lovlarni qabul qiling

Kartalarni ulash
Xoldinglar va to’lovni qaytarish
Mashhur to'lov tizimlarini qo'llab-quvvatlash
Taksi parklari

Taksi haydovchilariga bir zumda haqlarini to'lang va shaxsiy hisoblarini to'ldiring

Darhol xisob to’ldorilishi
Telegram-bot orqali pul mablag'larini darhol chiqarish
Pul yechcish bo'yicha cheklovlar nazorati
Telefon raqami yoki karta orqali kreditlash
Qulay monitoring
24/7 texnik yordam
BNPL xizmatlari

To'lov portfelingizni avtomatlashtirilgan to'lov jarayoni bilan boshqaring

Bog'langan kartalardan avtomatik pul yechish
Qarz oluvchilarning tranzaksiya tarixi
Barcha mavjud kartalardan avtomatik pul yechish
Onlayn ekvayring
Qulay monitoring
24/7 texnik yordam
Muddatli to’lov do’konlari

Buxgalteriya hisobi, mijozlaringizni tahlil qiling va to'lovlarni onlayn qabul qiling

Xaridorlar so‘rovnomasi
To'lov jadvallarini hisobga olish
Qarz oluvchilarning tranzaksiya tarixi
SMS jo'natish
Bog'langan kartalardan avtomatik pul yechish
Barcha mavjud kartalardan avtomatik pul yechish
HoReCa

HoReCa uchun keng qamrovli yechimni integratsiya qiling: to‘lovlarni qabul qilishni soddalashtirish, moliyaviy operatsiyalarni avtomatlashtirish va mijozlarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash uchun internet-ekvayring, to‘lovlarni ajratish va xoldingdan foydalaning

Onlayn ekvayring
To’lov statistikasi
Tarix va hisobotlar
Aniq tahlil
Solishtirish
24/7 texnik yordam
uzruen
Biz tarmoqlardamiz

Keys: DISKONT qanday qilib ATMOS bilan birga texnikani bo‘lib to‘lash orqali savdoni yo‘lga qo‘ydi

19 Sentabr 2025
Ulashish
case-diskont

Bir necha yil oldin O‘zbekistondagi eng yirik elektronika va maishiy texnika chakana sotuvchilaridan biri bo‘lgan DISKONT tarmog‘i xaridorlari "Bo‘lib to‘lash mumkinmi?" deb so‘rashardi. Bugungi kunda respublika bo‘ylab 25 dan ortiq do‘koni mavjud bo‘lgan kompaniya talab ortib borayotganini tushunardi va mijozlarga qulay servisni taklif qilmaslik strategik xato bo‘lar edi.


DISKONT doimo raqobatchilaridan bir qadam oldinda bo‘lishga va zamonaviy xaridor kutayotgan servisini taqdim etishga intilgan. Ammo chiroyli g‘oyaning ortida achchiq haqiqat yashiringan edi: o‘z kuchi bilan bo‘lib to‘lashni yo‘lga qo‘yish ko‘p qiyinchiliklarni va qo‘lda bajariladigan katta hajmdagi ishlarni olib keldi.


«Qo‘lda bo’lib to‘lash» muammosi

Dastlab kompaniya bo‘lib to‘lash xizmatini ichki resurslar orqali, avtomatlashtirilgan yechimsiz yo‘lga qo‘yishni harakat qilgan edi. Xarid jarayonlari do‘konlarda rasmiylashtirilar, xodimlar barcha ma’lumotlarni Excel jadvallariga qo‘lda kiritib, mijozlarning to‘lov qobiliyati va hujjatlarini tekshirib, bir vaqtning o‘zida o‘nlab shartnomalarni yuritib, mijozlarga to‘lov muddati haqida qo‘ng‘iroqlar orqali eslatib turishar edi. Bu qog‘ozda oson ko‘ringan jarayon amalda murakkabliklarga olib keldi.
 

Aslida hayotda xodimlar tekshiruvlarga juda ko‘p vaqt sarflashgan, biroq tizim shaffof ham, barqaror ham bo‘lmagan. Mijozlarni tekshirish aniq mezonlarga asoslanmagan, ko‘proq sezgi asosida bajarilar, bu esa pul qaytmaslik xavfini oshirgan edi. Kechiktirilgan to’lov tobora ko‘payar, xodimlarga tushadigan yuklama esa ortib borar edi. Xodimlar cheksiz qo‘ng‘iroqlar va qo‘lda hisob-kitobdan charchab ketar, mijozlar esa kerakli darajadagi servisni olishmasdi.


 «Biz mijozlarga DISKONT har doim intilib kelgan darajadagi servisini bera olmayotganimizni tushundik», — deya eslaydi savdo bo‘limi rahbari.




Yechim izlash va ATMOS bilan tanishish

DISKONT rahbariyati yangi maqsad qo‘ydi — muddatli to’lov  jarayonini yangicha tarzda yo‘lga qo‘yadigan hamkor topish: avtomatlashtirilgan, xavfsiz, qulay va xodimlar resurslarini ortiqcha sarflamaydigan. Fintex-yechimlar bozorini tahlil qilgandan so‘ng, tanlov ATMOS to‘lov tashkilotiga tushdi.


Boshidanoq ATMOS jamoasi nafaqat texnologiya taklif etayotganini, balki haqiqiy hamkor bo‘layotganini ko‘rish mumkin edi. ATMOS jamoasi DISKONT jarayonlarini chuqur o‘rgandi, biznes ehtiyojlarini diqqat bilan tingladi, joriy etish yo‘l xaritasini tuzishda yordam berdi va xodimlarni o‘qitdi. Bizni loyihaning har bir bosqichida hamroh qilishdi, tafsilotlarni tushuntirishdi, savollarni yechishdi va paydo bo‘layotgan qiyinchiliklarni tez hal qilishda yordam berishdi.


«Biz uchun texnologiyani sotib olish emas, balki haqiqatan ishlaydigan yechimni joriy etish muhim edi. Tijorat direktori Safaboyev Oybek va butun ATMOS jamoasining yondashuvi hal qiluvchi omil bo‘ldi», — deya ta’kidlashadi DISKONTda.




Joriy etish

Integratsiya jarayoni kutilmagan darajada tez va biznes uchun og‘riqsiz o‘tdi. Atigi bir necha kunda ATMOSning tayyor yechimi kompaniya jarayonlariga kiritildi. Endi tizim mijozning to‘lov qobiliyatini avtomatik ravishda tahlil qilardi, bu pul qaytarmaslik xavfini kamaytirardi, yechib olish esa xodimlar yoki mijozlarning ishtirokisiz, o‘z vaqtida amalga oshardi. Mijozlar qulay sms va push-eslatmalar olishar, o‘z majburiyatlaridan doim xabardor bo‘lishar, DISKONT xodimlari esa shaffof statistikaga ega bo‘lib, barchasini bitta qulay kabinetdan boshqarishar edi.


Bundan tashqari, xodimlar o‘rgatilgandan so‘ng ATMOS yechimining to‘liq salohiyati namoyon bo‘ldi.  Ular tushunarli interfeyslar bilan ishlashni boshlashdi, real vaqt rejimida barcha asosiy ko‘rsatkichlar aks etardi. ATMOS grafiklari, hisobotlari va boshqaruv panellari muddatli to‘lovlar va to‘lovlar dinamikasini tom ma’noda "kaftda" ko‘rish imkonini berdi, bu esa jarayonlarni nazorat qilishni nafaqat qulay, balki ko‘zga ko‘rinarli qildi.


Xavfsizlikka alohida e’tibor qaratildi. ATMOS xalqaro PCI DSS 4.0.1 standartlariga to‘liq mos keladi, kartalar va shaxsiy ma’lumotlarning ishonchli himoyasini ta’minlaydi, muntazam auditlardan o‘tadi va 99,98% darajada barqaror operatsiyalarni kafolatlaydi.




Natija

Bir necha oy o‘tgach, qaror o‘zini to‘liq oqlagani ma’lum bo‘ldi. Tarmoq savdosi sezilarli darajada oshdi, chunki mahsulotni muddatli to‘lovga sotib olish imkoniyati mijozlar uchun DISKONTni tanlash foydasiga qo‘shimcha dalil bo‘ldi.  Avtomatik to‘lovlar va eslatmalar tufayli kechikishlar soni bir necha barobar kamaydi, xodimlar esa odatiy va zerikarli ishlardan xalos bo‘lishdi. Endi ular haqiqatan ham muhim bo‘lgan narsaga - sifatli xizmat ko‘rsatish va xizmatni rivojlantirishga e’tibor qaratishlari mumkin edi.


Mijozlar uchun bo‘lib to‘lash qulay va shaffof vositaga, kompaniya uchun esa ishonchli va daromadli jarayonga aylandi. Brendga bo‘lgan ishonch sezilarli darajada oshdi, DISKONTning imiji esa ham xaridorlar, ham bozor oldida mustahkamlandi.


«Bugun bizda muddatli to’lov — bu oddiy. Endi biz mijozga to‘lovni eslatish yoki uning to‘lov qobiliyatini tekshirish haqida o‘ylamaymiz. Barchasini ATMOS qiladi», — deb  DISKONT menejeri bo’lishadi .




Xulosa

DISKONT tajribasi shuni ko‘rsatdiki — to‘g‘ri fintex-hamkor hatto eng murakkab va mehnat talab qiladigan jarayonni ham raqobat ustunligiga aylantira oladi.


ATMOS bilan hamkorlik nafaqat bo‘lib to‘lashni joriy etishga, balki kompaniya servisni yangi darajaga olib chiqishga imkon berdi — bu mijozlar uchun qulay, biznes uchun shaffof va har bir bosqichda xavfsiz.


Bugun DISKONT endi cheksiz jadvallar, telefon qo‘ng‘iroqlari va qo‘lda solishtirishlarni esla olmaydii — endi bu davrlar ortda qoldi. Tarmoqning kelajagi — bu avtomatlashtirilgan xizmat va ATMOS bilan qulay bo‘lib to‘lash asosidagi xaridlar.



Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling: Eng dolzarb yangiliklar, keyslar, yechimlar va sharhlar

Kanalga ulanish

Barcha maqolalar