Onlayn xizmatlar

Mobil ilovangizda va boshqa onlayn resurslaringizda kartani ulash orqali to'liq to'lov aylanishini boshqaring

Kartalarni ulash
Xoldinglar va to’lovni qaytarish
Rekurrent to’lovlar
Mashhur to'lov tizimlarini qo'llab-quvvatlash
Split to'lovlar
To'lov monitoringi
Onlayn do'konlar

UZCARD, HUMO, VISA va MASTERCARD MASTERCARD bilan to'lovlarni veb-saytlarda va mobil ilovalarda qabul qilish

Shaxsiy kabinet
Freymda to’lovlar
Barcha kartalarni sotib olish
Hisob-fakturani rasmiylashtirish
Xoldinglar va to’lovni qaytarish
Split to'lovlar
Mikromoliya tashkilotlari

Jismoniy shaxs kartalariga pul berishni va kreditni to'lash jarayonini avtomatlashtiring

Tezkor to‘lovlar
Barcha mavjud kartalardan pul yechib olinishi
Qarz oluvchilarning tranzaksiya tarixi
Onlayn ekvayring
Monitoringi
24/7 texnik yordam
Aviakassalar

Visa, Mastercard, UZCARD va HUMO orqali qulay vidjetlar yoki to'lov sahifalari orqali to'lovlarni qabul qiling

Kartalarni ulash
Xoldinglar va to’lovni qaytarish
Mashhur to'lov tizimlarini qo'llab-quvvatlash
Taksi parklari

Taksi haydovchilariga bir zumda haqlarini to'lang va shaxsiy hisoblarini to'ldiring

Darhol xisob to’ldorilishi
Telegram-bot orqali pul mablag'larini darhol chiqarish
Pul yechcish bo'yicha cheklovlar nazorati
Telefon raqami yoki karta orqali kreditlash
Qulay monitoring
24/7 texnik yordam
BNPL xizmatlari

To'lov portfelingizni avtomatlashtirilgan to'lov jarayoni bilan boshqaring

Bog'langan kartalardan avtomatik pul yechish
Qarz oluvchilarning tranzaksiya tarixi
Barcha mavjud kartalardan avtomatik pul yechish
Onlayn ekvayring
Qulay monitoring
24/7 texnik yordam
Muddatli to’lov do’konlari

Buxgalteriya hisobi, mijozlaringizni tahlil qiling va to'lovlarni onlayn qabul qiling

Xaridorlar so‘rovnomasi
To'lov jadvallarini hisobga olish
Qarz oluvchilarning tranzaksiya tarixi
SMS jo'natish
Bog'langan kartalardan avtomatik pul yechish
Barcha mavjud kartalardan avtomatik pul yechish
HoReCa

HoReCa uchun keng qamrovli yechimni integratsiya qiling: to‘lovlarni qabul qilishni soddalashtirish, moliyaviy operatsiyalarni avtomatlashtirish va mijozlarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash uchun internet-ekvayring, to‘lovlarni ajratish va xoldingdan foydalaning

Onlayn ekvayring
To’lov statistikasi
Tarix va hisobotlar
Aniq tahlil
Solishtirish
24/7 texnik yordam

KO‘P QIDIRILADIGAN:

Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga rozilik

"NATIONAL INNOVATIVE PAYMENT TECHNOLOGIES" AJ (ATMOS kompaniyasi) shaxsiy ma’lumotlarimni ushbu rozilik, Maxfiylik siyosati, shuningdek ATMOS xizmatidan foydalanish to‘g‘risidagi ommaviy taklifda keltirilgan tartib va shartlarga muvofiq qayta ishlashga roziligimni bildiraman.

Rozilik Mijoz tomonidan quyidagi maqsadlarda beriladi: mijozni identifikatsiya qilish; mijozlarga ATMOS kompaniyasi servisidan foydalangan holda to‘lov xizmatlarini ko‘rsatish, mijoz yoki ATMOS kompaniyasining potensial mijozi yoki ATMOS kompaniyasining hamkori sifatida shaxsiy ma’lumotlar subyektining to‘lov qobiliyati va ishonchliligini tekshirish, ATMOS kompaniyasi mijoz tomon bo‘lgan Shartnoma shartlarini lozim darajada bajarish to‘g‘risida tegishli kelishuvga ega bo‘lish; mijozni ATMOS kompaniya tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar haqida o‘z vaqtida xabardor qilish; mijozni hamkorlarning potensial mijozlari bazasiga kiritish, shu jumladan mijozga telefon orqali, pochta jo‘natmalari, sms-xabarlar yoki elektron xatlar matnida hamkorlar xizmatlarini taklif qilish; hamkorlardan kredit, bank, sug‘urta va boshqa mahsulotlardan tezkor foydalanish, jumladan tovarlarni muddatli to’lov, kreditlar, kredit kartalari olish, hisobvaraqlar ochish, malakali maslahat yordamini jalb qilish bilan bog‘liq xizmatlarni olish, shuningdek, Xavfsizlik siyosatida ko‘rsatilgan maqsadlarni amalga oshirish.

Ushbu Kelishuv maqsadlari uchun shaxsiy ma’lumotlar deganda, bevosita yoki bilvosita Mijozga shaxsiy ma’lumotlar subyekti sifatida tegishli bo‘lgan har qanday ma’lumot tushuniladi, jumladan, lekin bular bilan cheklanmagan holda: familiya, ismi, otasining ismi, yili, oyi, tug‘ilgan sanasi va joyi; yashash manzili; pochta manzili; shaxsni tasdiqlovchi hujjat raqam va seriyasi; soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami; ma’lumoti va mutaxassisligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar; jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatori; sug‘urta badallari; soliqlar bo‘yicha qarzdorlik; jamg‘arib boriladigan pensiya badallari summasi; ko‘chmas mulk va avtotransport vositalari mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar; mehnat faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar; bank kartalari ma’lumotlari, shuningdek, bank kartasi bo‘yicha pul mablag‘larining har qanday harakati; Mijozning qurilmasidan avtomatik ravishda uzatiladigan ma’lumotlar, shu jumladan cookie-fayllar; uy, ish, mobil telefonlar, elektron pochta manzili, fotosuratlar; pasport ma’lumotlarining skanerlangan nusxalari; Mijozning daromad manbalari va mol-mulki, skoring haqidagi ma’lumotlar;

Mijozning ushbu roziligi yuqorida ko‘rsatilgan maqsadlarga erishish uchun zarur yoki kerakli bo‘lgan Mijozning shaxsiy ma’lumotlariga nisbatan har qanday qonuniy harakatlarni amalga oshirish, jumladan, cheklanmagan holda: yig‘ish, tizimlashtirish, to‘plash, saqlash, aniqlashtirish (yangilash, o‘zgartirish), foydalanish, tarqatish (shu jumladan uchinchi shaxslarga berish), shaxsiy ma’lumotlarni egasizlantirish, bloklash, yo‘q qilish, statistik hisob va ilmiy tahlil maqsadlarida shaxsiy ma’lumotlarga qayta ishlash, shuningdek, amaldagi qonunchilik doirasida Mijozning shaxsiy ma’lumotlari bilan har qanday boshqa harakatlarni amalga oshirish uchun beriladi.

Mijozning ushbu roziligi yuqorida ko‘rsatilgan maqsadlarga erishish uchun zarur yoki kerakli bo‘lgan Mijozning shaxsiy ma’lumotlariga nisbatan har qanday qonuniy harakatlarni amalga oshirish, jumladan, cheklanmagan holda: to‘plash, tizimlashtirish, to‘plash, saqlash, aniqlashtirish (yangilash, o‘zgartirish), foydalanish, tarqatish (shu jumladan uchinchi shaxslarga berish), shaxsiy ma’lumotlarni egasizlantirish, bloklash, yo‘q qilish, statistik hisob va ilmiy tahlil maqsadlarida shaxsiy ma’lumotlarga ishlov berish, shuningdek, amaldagi qonunchilik doirasida Mijozning shaxsiy ma’lumotlari bilan har qanday boshqa harakatlarni amalga oshirish uchun beriladi.

Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash quyidagi asosiy usullardan foydalangan holda amalga oshiriladi (lekin ular bilan cheklanmaydi): olish, saqlash, birlashtirish, uzatish, shuningdek, turli aloqa vositalari ("Internet" tarmog‘i) yordamida ishlov berish yoki yuqorida ko‘rsatilgan maqsadlarga va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq Mijozning shaxsiy ma’lumotlariga boshqa har qanday ishlov berish.

Ushbu bilan Mijoz shaxsiy ma’lumotlarni shaxsiy ma’lumotlar axborot tizimiga birlashtirishga va shaxsiy ma’lumotlarni avtomatlashtirish vositalari yordamida yoki avtomatlashtirish vositalaridan foydalanmasdan, shuningdek boshqa dasturiy vositalar yordamida qayta ishlashga, shuningdek, bozorda tovarlar, ishlar, xizmatlarni ilgari surish, o‘tkaziladigan aksiyalar va taqdim etiladigan chegirmalar haqida xabardor qilish uchun o‘zining shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlashga rozilik bildiradi va ruxsat beradi (shu jumladan uchinchi shaxslarga).

Bu bilan Mijoz yuqorida ko‘rsatilgan maqsadlarga erishish uchun shaxsiy ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga taqdim etish zarur bo‘lgan taqdirda, shuningdek, uchinchi shaxslarni yuqorida ko‘rsatilgan maqsadlarda xizmat ko‘rsatishga jalb qilishda, Kompaniya yuqorida ko‘rsatilgan harakatlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan hajmda Mijoz haqidagi ma’lumotlarni (shu jumladan, Mijozning shaxsiy ma’lumotlarini) bunday uchinchi shaxslarga, ularning xodimlariga va ular tomonidan vakolat berilgan boshqa shaxslarga oshkor qilish, shuningdek, bunday shaxslarga bunday ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan tegishli hujjatlarni taqdim etish huquqiga ega ekanligini tan oladi va tasdiqlaydi.

Bu bilan Mijoz o‘z roziligini bildiradi va Kompaniyaga uning shaxsiy ma’lumotlarini uchinchi shaxslarga qayta ishlash uchun ruxsat beradi, bunday uchinchi shaxslar shaxsiy ma’lumotlarni ushbu Kelishuvda ko‘rsatilgan usullar bilan qayta ishlash huquqiga ega:

  1. "Kredit-axborot tahlil markazi" kredit byurosi" MCHJga;
  2. "Yagona umumrespublika protsessing markazi" MCHJ;
  3. Milliy banklararo protsessing markazi
  4. "PROFTAXIT" MCHJ;
  5. "GENESIS INNOVATION" MCHJ;
  6. uyali aloqa operatorlariga;
  7. kredit muassasalari, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi banklari;
  8. mijozlarga to‘lov xizmatlarini ko‘rsatish, mijozning to‘lov qobiliyatini baholash va tahlil qilish maqsadida uchinchi shaxslarga; bunday uchinchi shaxslar shaxsiy ma’lumotlarni ushbu Kelishuvda ko‘rsatilgan usullar bilan qayta ishlash huquqiga ega;
  9. Mijozning shaxsiy ma’lumotlariga ishlov berishning e’lon qilingan maqsadlariga muvofiq boshqa uchinchi shaxslarga;
  10. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa uchinchi shaxslarga.

Shu bilan birga, ATMOS kompaniyasi taqdim etilgan shaxsiy ma’lumotlarning xavfsizligini ta’minlashga kafolat beradi. Mijoz ogohlantirilganki, Jamiyat uning shaxsiy ma’lumotlarini yuqorida ko‘rsatilgan maqsadlar uchun uchinchi shaxslarga faqat ular tomonidan shaxsiy ma’lumotlarning maxfiyligini va ularga ishlov berishda shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga rioya etilgan taqdirdagina berishga haqli.

Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga berilgan ushbu rozilik muddatsizdir.

Bu bilan Mijoz o‘zi, Mijoz tomonidan taqdim etilgan shaxsiy ma’lumotlar, shu jumladan ularning to‘liqligi, ishonchliligi, bir ma’noliligi va bevosita Mijozga tegishliligi uchun mustaqil ravishda va to‘liq javobgar ekanligini tan oladi va tasdiqlaydi.

Bu bilan Mijoz ushbu rozilikni bildirish uchun to‘liq huquqiy layoqatga ega ekanligini tan oladi va tasdiqlaydi hamda faqat o‘zining, ya’ni Mijozning shaxsiy ma’lumotlariga nisbatan o‘z roziligini bildiradi.

Bu bilan Mijoz O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-iyuldagi O‘RQ-547-son "Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida"gi Qonuniga muvofiq huquq va majburiyatlari, shu jumladan shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga bergan roziligini bekor qilish tartibi bilan tanishganligini tan oladi va tasdiqlaydi.

Ushbu  rozilik maqsadlarida shaxsiy ma’lumotlar deganda, shaxsiy ma’lumotlar subyekti sifatida menga bevosita yoki bilvosita aloqador bo‘lgan har qanday ma’lumot, jumladan: ATMOS interfeyslarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar, shuningdek, yuqorida ko‘rsatilgan maqsadlarda zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlar tushuniladi.