Onlayn xizmatlar

Mobil ilovangizda va boshqa onlayn resurslaringizda kartani ulash orqali to'liq to'lov aylanishini boshqaring

Kartalarni ulash
Xoldinglar va to’lovni qaytarish
Rekurrent to’lovlar
Mashhur to'lov tizimlarini qo'llab-quvvatlash
Split to'lovlar
To'lov monitoringi
Onlayn do'konlar

UZCARD, HUMO, VISA va MASTERCARD MASTERCARD bilan to'lovlarni veb-saytlarda va mobil ilovalarda qabul qilish

Shaxsiy kabinet
Freymda to’lovlar
Barcha kartalarni sotib olish
Hisob-fakturani rasmiylashtirish
Xoldinglar va to’lovni qaytarish
Split to'lovlar
Mikromoliya tashkilotlari

Jismoniy shaxs kartalariga pul berishni va kreditni to'lash jarayonini avtomatlashtiring

Tezkor to‘lovlar
Barcha mavjud kartalardan pul yechib olinishi
Qarz oluvchilarning tranzaksiya tarixi
Onlayn ekvayring
Monitoringi
24/7 texnik yordam
Aviakassalar

Visa, Mastercard, UZCARD va HUMO orqali qulay vidjetlar yoki to'lov sahifalari orqali to'lovlarni qabul qiling

Kartalarni ulash
Xoldinglar va to’lovni qaytarish
Mashhur to'lov tizimlarini qo'llab-quvvatlash
Taksi parklari

Taksi haydovchilariga bir zumda haqlarini to'lang va shaxsiy hisoblarini to'ldiring

Darhol xisob to’ldorilishi
Telegram-bot orqali pul mablag'larini darhol chiqarish
Pul yechcish bo'yicha cheklovlar nazorati
Telefon raqami yoki karta orqali kreditlash
Qulay monitoring
24/7 texnik yordam
BNPL xizmatlari

To'lov portfelingizni avtomatlashtirilgan to'lov jarayoni bilan boshqaring

Bog'langan kartalardan avtomatik pul yechish
Qarz oluvchilarning tranzaksiya tarixi
Barcha mavjud kartalardan avtomatik pul yechish
Onlayn ekvayring
Qulay monitoring
24/7 texnik yordam
Muddatli to’lov do’konlari

Buxgalteriya hisobi, mijozlaringizni tahlil qiling va to'lovlarni onlayn qabul qiling

Xaridorlar so‘rovnomasi
To'lov jadvallarini hisobga olish
Qarz oluvchilarning tranzaksiya tarixi
SMS jo'natish
Bog'langan kartalardan avtomatik pul yechish
Barcha mavjud kartalardan avtomatik pul yechish
HoReCa

HoReCa uchun keng qamrovli yechimni integratsiya qiling: to‘lovlarni qabul qilishni soddalashtirish, moliyaviy operatsiyalarni avtomatlashtirish va mijozlarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash uchun internet-ekvayring, to‘lovlarni ajratish va xoldingdan foydalaning

Onlayn ekvayring
To’lov statistikasi
Tarix va hisobotlar
Aniq tahlil
Solishtirish
24/7 texnik yordam

KO‘P QIDIRILADIGAN:

"Muddatli to’lov va avtomatik to‘lov" xizmati uchun taklif

Toshkent sh.

Ushbu oferta (keyingi o’tinlarda– Oferta) har qanday jismoniy shaxsga "Muddatli to’lov va avtomatik to‘lov" xizmatini quyidagi shartlar asosida taqdim etish bo‘yicha shartnoma tuzish taklifi hisoblanadi.

Oferta Shartnomaning barcha muhim shartlarini o‘z ichiga oladi, Qabul qiluvchining taklifda ko‘rsatilgan shartlarda istalgan kishi bilan Shartnoma tuzishga bo‘lgan irodasini ifodalovchi taklif hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 369-moddasi 2-bandiga muvofiq ommaviy Oferta deb e’tirof etiladi.

Shartnoma jismoniy shaxs tomonidan Ofertada nazarda tutilgan va jismoniy shaxs tomonidan Ofertaning barcha shartlarini hech qanday istisnolarsiz yoki qo‘shilish shartlari bo‘yicha cheklovlarsiz so‘zsiz qabul qilishni anglatuvchi harakatlar amalga oshirilgan paytdan boshlab tuzilgan hisoblanadi va kuchga kiradi.

1. ATAMALAR VA TA’RIFLAR


1.1 ATMOS tizimi - "NATIONAL INNOVATIVE PAYMENT TECHNOLOGIES" AJ tomonidan ishlab chiqilgan va unga tegishli bo‘lgan dasturiy-apparat majmuasi bo‘lib, u ATMOS tizimining funksionalligida nazarda tutilgan masofaviy bank xizmatlarini To‘lovchilar va Oluvchilarga ko‘rsatishda, shu jumladan ushbu Shartnoma doirasida Xizmatni taqdim etishda ATMOS tizimi ishtirokchilari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni ta’minlash uchun mo‘ljallangan.

1.2 ATMOS tizimi ishtirokchilari - (a) ATMOS kompaniyasi, (b) Bank, (v) Qabul qluvchi, (g) To‘lovchi, (d) Xizmat hamkori.

1.3 ATMOS kompaniya - ATMOS tizimining huquq egasi bo‘lgan "NATIONAL INNOVATIVE PAYMENT TECHNOLOGIES" AJ.

1.4 Bank — O‘zbekiston Respublika banklari

1.5 Qabul qiluvchi — o‘z mijozlari va (yoki) To‘lovchilarga shaxsiy, oilaviy, maishiy yoki tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa foydalanish uchun mo‘ljallangan tovarlar va xizmatlarni muddatli to’lov sharti bilan taqdim etuvchi shaxs.

1.6 To‘lovchi - Xizmat doirasida amalga oshiriladigan O‘tkazmalarni amalga oshirish uchun ushbu Shartnomani tuzgan Bank kartasi (kartalari) egasi bo‘lgan jismoniy shaxs.


1.7 Xizmat hamkori - banklar, mikromoliya tashkilotlari, kredit byurolari, to‘lov tashkilotlari, to‘lov agentlari va subagentlari, protsessing, kliring va sug‘urta tashkilotlari hamda tegishli faoliyatni amalga oshirish uchun barcha zarur va/yoki tegishli litsenziyalar va/yoki ruxsatnomalarga, shuningdek, tegishli ATMOS tizimi ishtirokchisi bilan shartnomaviy munosabatlarga ega bo‘lgan boshqa tashkilotlar va/yoki yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar bo‘lib, ular ATMOS tizimining boshqa ishtirokchilari bilan Xizmatning tegishli, to‘liq va samarali ishlashi uchun tashkiliy-huquqiy, axborot-texnik va/yoki boshqa o‘zaro hamkorlikni amalga oshiradi, shu jumladan, lekin bular bilan cheklanmagan holda, To‘lovchining skoringini amalga oshirish, To‘lovchiga tegishli Kredit ma’lumotlarini almashish, O‘tkazmalarni ta’minlash maqsadida to‘lov xizmatlarini ko‘rsatish, shuningdek, Xizmatning tegishli, to‘liq va samarali ishlashi uchun boshqa yuridik va amaliy harakatlarni amalga oshiradi.

1.8 "Avtomatik to‘lov" Xizmati (keyingi o’rinlarda - Xizmat) - ATMOS tizimining tarkibiy qismi bo‘lgan va Qabul qiluvchi tomonidan ushbu Shartnoma doirasida ATMOS tizimi orqali To‘lovchiga taqdim etiladigan Xizmat bo‘lib, u quyidagi imkoniyatlarni beradi:

  • To‘lovchining skoringini amalga oshirish.
  • Tovar uchun to‘lovni To‘lovchining roziligi bilan, oldindan belgilangan parametrlar, shu jumladan muddatlar va pul mablag‘lari summasi bilan har oyda, Tovar uchun to‘liq to‘lov amalga oshirilgunga qadar To‘lovchi tomonidan hech qanday harakat talab qilinmasdan, O‘tkazmalar asosida bo‘lib-bo‘lib amalga oshirish.
  • ushbu Shartnoma-oferta akseptida olingan To‘lovchining tegishli roziligi asosida, muddati o‘tgan qarzdorlik yuzaga kelganda, To‘lovchining istalgan Bank kartalari hisobvarag‘idan (hisobvaraqlaridan) pul mablag‘larini akseptsiz tartibda hisobdan chiqarish.


1.9 Bank-emitent - Bank kartasini chiqargan (emissiya qilgan) bank.


1.10 Bank karta — To‘lovchiga bank (karta) hisobvarag‘i bo‘yicha operatsiyalarni bir necha bor amalga oshirish, shu jumladan naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish imkoniyatini ta’minlaydigan to‘lov kartasi.

1.11 O‘tkazma - Bank tomonidan ATMOS tizimidan foydalangan holda Qabul qiluvchi foydasiga Bank kartasi orqali To‘lovchining karta hisobvarag‘idan pul mablag‘larini naqd pulsiz o‘tkazish operatsiyasi. Bank karta (lar) i hisobvarag‘idan (hisobvaraqlaridan) hisobdan chiqariladigan summa Qabul qiluvchining bank hisobvarag‘iga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari summasini, shu jumladan muddati o‘tgan qarzdorlik yuzaga kelgan taqdirda, o‘z ichiga oladi, shuningdek Bank komissiyasi summasini ham o‘z ichiga olishi mumkin.

1.12 Muddati o‘tgan qarz — To‘lovchining To‘lovchi va Qabul qiluvchi o‘rtasida tuzilgan tegishli tovarlarni muddatli to'lov sharti bilan oldi-sotdi shartnomalari yoki boshqa tegishli shartnomalar doirasidagi majburiyatlar bo‘yicha Qabul qiluvchi oldidagi muddatida to‘lanmagan qarzi.

1.13 Skoring - To‘lovchining to‘lov qobiliyatini baholashning raqamli statistik va boshqa usullarga asoslangan tizimi bo‘lib, u Foydalanuvchi haqidagi ma’lumotlarni, shu jumladan Kredit ma’lumotlarini qayta ishlash natijalari bo‘yicha ballar berishdan iborat bo‘lib, ular asosida Qabul qiluvchi ushbu Foydalanuvchi bilan to‘lovni muddatli to'lov sharti bilan tovar yetkazib berish shartnomasini tuzish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

1.14 Kredit axboroti — To‘lovchiga tegishli bo‘lgan, bunday To‘lovchi tomonidan tuzilgan kredit bitimlarining holati, berilgan ta’minot (garov, kafolat, kafillik, kreditni to‘lamaslik xavfini sug‘urtalash va boshqa ta’minot turlari) bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek, To‘lovchining kreditga layoqatliligi, moliyaviy holati, to‘lov qobiliyati, to‘lov intizomi va boshqa fazilatlarini aniqlashga yordam beradigan boshqa ma’lumotlar.


1.15 To‘lovchining shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR) - O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan jismoniy shaxsning 14 ta raqamdan iborat bo‘lgan va umrining oxirigacha o‘zgartirilmaydigan shaxsiy raqami.

2. SHARTNOMA PREDMETI

2.1 Qabul qiluvchi To‘lovchiga oylik to‘lovlarni muddatli to'lov uchun Xizmatni ulash imkoniyatini taqdim etadi.

3. UMUMIY HOLATLAR

3.1 To‘lovchi ushbu Shartnoma shartlari bilan tanishib chiqqandan so‘ng, quyidagi harakatlardan birini amalga oshirish orqali ularni qabul qiladi:

  • SMS-xabarda olingan havolaga o‘tish va "QABUL QILAMAN" tugmasini bosish orqali Xizmatga ulanish.
  • To‘lovchining Shartnoma tuzish niyatidan yaqqol dalolat beruvchi boshqa usulda.


To‘lovchiga ofertaga havola qilingan SMS-xabar To‘lovchining bank karta orqali SMS-xabar qilish xizmati ulangan abonent raqamiga yuboriladi.

3.2 Ushbu Shartnoma shartlarini qabul qilish orqali To‘lovchiga tovar taqdim etiladi va quyidagi shartlar bajarilgan holda Xizmatulanadi:

  • O‘tkazma Tovar uchun to‘liq to‘lov amalga oshirilgunga qadar To‘lovchi tomonidan hech qanday harakat talab qilinmasdan, Tovarni olish uchun Qabul qiluvchi va To‘lovchi o‘rtasida oldindan belgilangan parametrlar, shu jumladan muddatlar va pul mablag‘lari summasi bilan rasmiylashtirilgan muddatli to’lov bo‘yicha oylik to‘lovni to‘lash foydasiga Xizmatga ulangan Bank kartasi hisobidan amalga oshiriladi. Bunda, To‘lovchining Xizmatga ulangan bank kartasi hisobida pul mablag‘lari mavjud bo‘lmagan taqdirda, O‘tkazma amalga oshirilmaydi. O‘tkazmani amalga oshirish uchun so‘rov Xizmat tomonidan Bank kartasida yetarli miqdordagi Pul mablag‘larini o‘tkazish to‘g‘risidagi ma’lumot olingandan so‘ng shakllantiriladi.
  • Oylik to‘lovlarni to‘lash/qisman to‘lash (muddatli to'lov bo‘yicha to‘lovlarni hisobga olish) Oluvchining dasturiy ta’minoti orqali amalga oshiriladi. To‘lovlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni solishtirish Qabul qiluvchining dasturiy ta’minotidan ushbu bandda ko‘rsatilgan sana kelganda O‘tkazma summasini shakllantirish uchun Xizmatga axborot xabarlarini uzatish orqali amalga oshiriladi.
  • Muddati o‘tgan qarzdorlik yuzaga kelgan taqdirda, o‘tkazma To‘lovchining boshqa istalgan bank kartasi hisobidan bunday muddati o‘tgan qarz miqdorida akseptsiz asosda amalga oshiriladi.

3.3 To‘lovchi ATMOS tizimidan foydalangan holda, shu jumladan ATMOS tizimi tomonidan yuborilgan SMS-xabarda ko‘rsatilgan havola orqali O‘tkazmani mustaqil ravishda amalga oshirish imkoniyatiga ega.

3.4 Xizmat maxsus veb-interfeysda ko‘rsatilgan muddat davomida ulanadi va amal qiladi, bunda To‘lovchi ushbu oferta shartlarini qabul qiladi.

3.5 Xizmatni ulashda To‘lovchi hisobdan chiqarish amalga oshiriladigan Bank kartasi ma’lumotlarini taqdim etadi.

3.6 To‘lovchi Xizmatni ulashda ko‘rsatilgan Bank kartasi haqidagi ma’lumotlarni Qabul qiluvchi, Bank va ATMOS kompaniyasiga tekshirishga rozilik beradi.

3.7 To‘lovchi ushbu bilan quyidagilarga rozilik beradi:

  • Xizmatni ulashda ko‘rsatilgan Bank kartasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Qabul qiluvchi, Bank va ATMOS kompaniyasiga tekshirish uchun
  • o‘z shaxsiy ma’lumotlarini, shu jumladan zarur hollarda biometrik ma’lumotlarni, shu jumladan To‘lovchining shaxsiy identifikatsiya raqami orqali, shuningdek daromadlar va xarajatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek boshqa Kredit ma’lumotlarini ATMOS tizimining boshqa ishtirokchilari, shu jumladan AT "Aloqabank" foydasiga, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining "Kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risida"gi Qonuniga muvofiq skoring va Kredit ma’lumotlarini almashish maqsadlarida qayta ishlash va uzatish;
  • to‘lov muddati o‘tgan qarzdorlik yuzaga kelganda, o‘z pul mablag‘larini To‘lovchining barcha va/yoki har qanday bank kartalari hisobvaraqlaridan, shu jumladan To‘lovchining shaxsiy identifikatsiya raqami orqali Oluvchi foydasiga akseptsiz hisobdan chiqarishga.

3.8 Qabul qiluvchi To‘lovchilarning bank kartalari ma’lumotlarini saqlamaydi va qayta ishlamaydi, faqat Xizmat doirasida O‘tkazma summasini shakllantirish uchun Xizmatga so‘rovlarni taqdim etadi.

3.9 Qabul qiluvchi o‘tkazmalarni amalga oshirish imkoniyatini kafolatlamaydi, bu masalalarni hal qilishni Bank va ATMOS kompaniyasiga qoldiradi.

3.10 Xizmatni ulash faqat Qabul qiluvchining, ATMOS Kompaniyasining va Bankning texnik imkoniyati mavjud bo‘lganda hamda Bank kartasi orqali SMS-xabar berish xizmati ulangan taqdirda amalga oshiriladi.

4. XIZMATNING PULLI FUNKSIONALI

4.1 To‘lovchiga 3.7-bandda ko‘rsatilgan Xizmatning pullik funksiyasidan foydalanish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatganlik uchun. Shartnoma shartlariga muvofiq, To‘lovchi ATMOSga mukofot to‘laydi, uning miqdori Xizmatning tegishli interfeyslarida aks ettiriladi.

4.2 Xizmatning pullik funksionali uchun to‘lov To‘lovchi tomonidan Kartadan pul mablag‘larini akseptsiz yechib olish yo‘li bilan, Xizmatning tegishli interfeyslarida To‘lovchiga ko‘rsatilgan shartlar va miqdorlarda amalga oshirilishi mumkin. Bunday holda, To‘lovchi tomonidan tegishli Xizmat interfeysida to‘lov funksiyasini faollashtirish Kartadan pul mablag‘larini akseptsiz yechib olishni tasdiqlash hisoblanadi.

4.3 To‘lovchi mukofot miqdoriga rozi bo‘lmagan taqdirda, To‘lovchi "to‘lash," "o‘tkazish" tugmalarini bosgunga qadar, akseptsiz hisobdan chiqarishsiz faollashtirish yoki Xizmatning pullik funksiyasidan foydalanishga roziligini boshqacha tarzda tasdiqlashdan oldin 3.7-bandda ko‘rsatilgan xizmatlardan voz kechish huquqiga ega. Shartnomalar.

5. HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

5.1 To‘lovchi quyidagilarga majbur:

5.1.1 ushbu Shartnoma shartlariga rioya qilish;

5.1.2 ushbu Shartnomada kelishilgan shartlarda tovar haqini to‘lash;

5.1.3. Xizmatga ulanish amalga oshiriladigan qurilmaning axborot xavfsizligini mustaqil ravishda ta’minlash;

5.1.4 Xizmatga o‘z qo‘li bilan ulanishni ta’minlash va kafolatlash;

5.1.5 Xizmatga ulanish va undan foydalanishda faqat ishonchli ma’lumotlarni ko‘rsatish;

5.1.6. faqat o‘z Bank kartasidan foydalanish. Bank kartasi almashtirilgan/yo‘qolgan taqdirda, Bank kartasi ma’lumotlarini o‘zgartirish maqsadida Qabul qiluvchini darhol xabardor qilish;

5.2 To‘lovchi quyidagi huquqlarga ega:

5.2.1 Qabul qiluvchiga tovarning barcha qiymatini muddatidan oldin to‘lash, shu jumladan pul o‘tkazmalarini amalga oshirish orqali.

5.3 Qabul qiluvchi quyidagilarga majbur:

5.3.1 ushbu Shartnoma shartlariga rioya qilish;

5.3.2 Xizmatdan foydalanishda To‘lovchi haqidagi maxfiy ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga bermaslik;

5.3.3. ushbu Shartnoma imzolangan sanadan boshlab To‘lovchiga tovarni topshirish.

5.4 Qabul qiluvchi quyidagi huquqlarga ega:

5.4.1. Ushbu Shartnomaning amal qilishini istalgan vaqtda bir tomonlama suddan tashqari tartibda, To‘lovchini 3 (uch) ish kuni oldin xabardor qilgan holda to‘xtatish;

5.4.2. Bankdan Bank kartasi bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish rad etilganda, Bank kartasi egasining Bank kartasidan noqonuniy foydalanish yoki undan ruxsatsiz foydalanish fakti to‘g‘risida asosli murojaatlari mavjud bo‘lganda, Xizmat ko‘rsatishni rad etish yoki to‘xtatib qo‘yish.

6. XIZMATNI UZISH TARTIBI

6.1 To‘lovchi Qabul qiluvchiga murojaat qilish orqali Xizmatdan voz kechishi mumkin.

6.2 Xizmat avtomatik ravishda o‘chirilishi mumkin:

6.2.1 akseptning amal qilish muddati tugashi munosabati bilan. Aksept muddatini uzaytirish To‘lovchining arizasi asosida amalga oshiriladi.

6.2.2 Qabul qiluvchining dasturiy ta’minotida qayd etilgan bo‘lib to‘lash summasi muddatidan oldin to‘liq to‘langan taqdirda.

7. JAVOBGARLIK

7.1 ATMOS kompaniyasi va Bankning javobgarlik masalalari ular o‘rtasida tuzilgan alohida shartnomalarda nazarda tutilgan.

7.2 Tomonlar yengib bo‘lmas kuch holatlari tufayli yuzaga kelgan majburiyatlarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik uchun javobgar bo‘lmaydilar. Ushbu holatlar yuzaga kelganligi to‘g‘risida tomonlar ular yuzaga kelgan sanadan boshlab 3 (uch) kalendar kun ichida bir-birlarini xabardor qilishlari shart.

7.3 ATMOS kompaniyasi Qabul qiluvchi va To‘lovchining xatti-harakatlari uchun javobgar emas.

7.4 To‘lovchi Qabul qiluvchiga pul o‘tkazmalarini amalga oshirish shartlariga muvofiq istalgan vaqtda o‘z bank kartasidan pul o‘tkazish huquqini beradi. Agar To‘lovchining kartasidan mablag‘lar Xizmat tomonidan yechib olinganidan so‘ng, Qabul qiluvchining foydasiga o‘tkazmalar bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa yechib olishlar uchun kartada yetarli mablag‘ qolmasa, Qabul qiluvchi javobgar bo‘lmaydi. To‘lovchi buni o‘zi nazorat qilishi kerak.

REKVIZIT VA ALOQA MA’LUMOTLARI:

Yuridik nomi: AO «NATIONAL INNOVATIVE PAYMENT TECHNOLOGIES»

Yuridik manzil: 100047, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Toʻytepa MFY, Istiqbol ko'chasi, 39-b uy

Pochta manzili: 100047, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Toʻytepa MFY, Istiqbol ko'chasi, 39-b uy

STIR: 305097381

OKED: 58290

MFO: 01071

QQS to‘lovchining reg. kodi: 326080094260

Hisob-kitob raqami: 20208000200808682001 "Orient Finans" XATB

+998 71 231 19 00

info@atmos.uz