Timbilding: tog’larga sayohat
Bizning kompaniyada har oylik timbildinglar o‘tkazish an’anaga aylangan. Timbildinglar biz uchun nafaqat dam olish, balki jamoani birlashtirish, hamkorlik va o‘zaro muloqotni yaxshilash hamda jamoaviy ruhni oshirish jarayonidir.
Bu safar biz sayohatga chiqishga qaror qildik. Marshrutimiz Toshkent yaqinidagi eng katta o‘rmonlardan biri orqali o‘tdi. Chimyon tog‘larining manzarali ko‘rinishlari oldimizda namoyon bo‘ldi.